“Kitobxon onalar”
Bahor - fasllar gulshani, uyg'onish fasli. Butun borliq, ona tabiat barq urib yashnaydi, yangilanadi. Tirik jonzot borki yangi kunning tug'ilishidan bahra oladi, zavqlanadi. Kitobxonlik madaniyatini oshirish xotin-qizlar orasida kitob mutolaasi va kitobxonlikni keng targ'ib qilish maqsadida Zomin tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari 2024 yil 18 mart kuni “O'zbekiston Respublikasida oila institutini mustahkamlash va xotin-qizlarni qo’llab-quvvatlash bo’yicha davlat siyosatini 2023-yilda amalga oshirishga qaratilgan ishlar yuzasidan “Kitobxon onalar” tadbiri doirasida “Oilaviy qadriyatlar-oliy ne’mat” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbatida "Navbahor" MFYda istiqomat qilayotgan Sattarova Feruza hoji ona yosh onalarga va kitobxonlarga oilada ayol o'rni qanchalik muhim va oilaviy qadriyatlar oliy ne’mat ekanligi haqida ma'lumotlar berib o'tdi. Jamiyatning maʼnaviy hayotida ayollarni o'rni beqiyosdir, chunki farzandlar tarbiyasiga alohida eʼtibor qaratgan oilalardagi muhit oʻzgachadir. Xalqimizda bir naql bor "Qush uyasida ko'rganini qiladi" demak shunday ekan farzandlarimizga qadriyatlarimizni qadrlashga o'rnak bo'lishimiz kerakligi to’g’risida so’z yuritildi. Davra suhbati qiziqarli va mazmunli o'tdi.