"Kitobxon ona-yurt kelajagi"
Jizzax viloyati Zomin tuman Axborot-kutubxona markazi tomonidan aholi va yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish, ular o'rtasida kitob mutolaasi va kitobxonlikni keng targ'ib qilish maqsadida "Kitobxon onalar kuni" munosabati bilan xar oyning 17 sanasida "Kitobxon onalar-yurt kelajagi" shiori ostida tadbir tashkil qilindi. Kitobxon onalar uchun òzi va farzandlariga badiiy adabiyotlardan mutoalaa qilish maqsadida kutubxonaga tashrif buyurdi. Dastlab tadbirda kitobxon onalar haqida qiziqarli ma`lumotlar berilib, so`ng tadbir she'riy chiqishlar, qiziqarli savol-javob o'yinlari va kitob ko`rgazmalari bilan davom etdi. Eng faol ishtirok etgan kitobxon onalarga Axborot-kutubxona markazi tomonidan esdalik sovg'alar bilan taqdirlandi.