"Kitobxon ona millat poydevori "
Joriy yilning 20-yanvar sanasida Zomin tumani axborot -kutubxona markazi xodimlari tomonidan "Kitobxon ona va bola" mavzusi asosida "Kitobxon ona millat poydevori " shiori ostida bahs munozara kechasi tashkil etildi.Shu bilan birgalikda Mixail Bulgakovning "Yosh vrach kundaligi" kitobi sharhlab berildi va qiziqarli viktorina savol-javob oʻyinlari oʻtkazildi.Bahs munozara kechasi barchaga birdek manzur boʻldi va 10 nafar foal kitobxon onalar ishtirok etishdi.