"Kitobxon ona ma'naviyat poydevori"
#tadbirlar_2026
Joriy yilning 17-fevral kuni Zomin tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Ali Abu Ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi tehnikumu talabalari ishtirokida "Kitobxon ona ma'naviyat poydevori" nomli davra suhbati tashkil etildi. Tadbirning asosiy maqsadi onalar o'rtasida kitob o'qish madaniyati targ'ib qilish, oilada mutolaa muhitini kuchaytirish, farzandlar tarbiyasida kitobning o'rnini yanada yuksaltirishdan iborat bo'ldi. Ular farzandlarining ijodiy rivoji ma'naviy kamoloti va dunyoqarashini shakllantirishda kitobning o'rni va ta'siri haqida o'z fikr mulohazalarini bildirdilar. Tadbir davomida Xadicha Kubro Tongarning kitobi atroflicha sharhlab berildi.Ushbu asarda ona mehri, oiladagi ma'suliyati, insoniylik sabr va matonat kabi fazilatlarning badiiy ifodasi tadbir ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi .Kitobning g'oyaviy yo'nalishi, undagi hayotiy voqealar va ibratli xulosalar muhokama qilindi. Davra suhbati iliq va samimiy ruhda o'tdi.