Kitobxon ona kitobxon bola
Oila muhitining farzand tarbiyasidagi o‘rni va roli katta. ota ona nima bilan band bo‘lsa, bola ham ayni ulardek bo‘lishga intiladi. Shunday ekan, kattalar munosib ibrat bo‘lishga intilishlari lozim. Joriy yilning 13-mart sanasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazi hamda Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi bilan hamkorlikda kitobxonlik madaniyatini oshirish, xotin-qizlar orasida kitob mutolaasi va kitobxonlikni keng targ‘ib qilish maqsadida “Kitobxonlik oiladan boshlanadi” shiori ostida “Kitobxon ona — kitobxon bola” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.