“Kitobxon millatning kelajagi buyukdir”
#Kitobsevar_millat
“Kitobsevar millat "shior ostida kitob ko'rgazmasi
4-fevral kuni Zomin tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Yoshlar markazi binosida uyushmagan aholi ishtirokida kitob ko'rgazma tashkil etildi. Tadbir doirasida “Kitobxon millatning kelajagi buyukdir” nomli boy va rang-barang kitoblar ko‘rgazmasi tashkil qilindi.
Ko‘rgazmada turli janr va yo‘nalishlardagi 40 nomdagi, 28 nusxadan ortiq kitoblar kitobsevarlar e’tiboriga havola qilindi. Ushbu asarlar yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ularda kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishni oshirishga xizmat qiladi.