"Kitobsiz taraqqiyotga, yuksak ma'naviyatga erishib bòlmaydi".
Kitobsiz taraqqiyotga, yuksak ma'naviyatga erishib bòlmaydi.
Shavkat Mirziyoyev.
2022-2026 yillarga mo’ljallangan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulug’lash va faol mahalla yili” da amalga oshirishga oid davlat dasturi ijrosi yuzasida NAZORAT REJASIning 72-maqsad: Aholiga axborot-kutubxona xizmatini ko’rsatishni yanada rivojlantirish, kitobxonlikni keng ommalashtirish hamda “Kitobsevar millat” umummiylik g’oyasini ro’yobga chiqarishning 264-265 bandlari bo’yicha, Zomin tuman axborot-kutubxona markazi chora-tadbirlari rejasi asosida hamda Mustaqilligimizni 32 yilligi munosabati bilan "Yangi xayot uchun,Yangi O`zbekiston uchun" shiori ostida Zomin tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan "Kitobsiz taraqqiyotga, yuksak ma'naviyatga erishib bòlmaydi" mavzusida Zomin tumani Oq tepa MFYda joylashgan 37-maktabda kitob ko'rgazmasi tashkil qilindi. Kitob nafaqat bilim manbai, balki inson qalbiga ezgulik urug'ini ekuvchi vosita hamdir. Bugun mahalla va yoshlar o'rtasida kitob targ'iboti olib borildi, kitobxonlar tomonidan sevib o'qiladigan hamda kutubxonaga yangi olingan badiiy adabiyotlar targ'ib qilindi.
https://telegra.ph/Kitobsiz-taraqqiyotga-yuksak-manaviyatga-erishib-b%C3%B2lmaydi-08-31