"Kitobsiz olam nursiz olam"
Yoshlarni kitobxonlikka jalb qilish ularning o'qishga bo'lgan ijobiy munosabatini shakllantirish maqsadida joriy yilning 24 dekabr sanasida Zomin tuman axborot kutubxona markazi xodimlari tomonidan Zomin tuman ixtisoslashtirilgan maktab o'quvchilari ishtirokida "Kitobsiz olam nursiz olam" nomli kitob ko'rgazmasi tashkil qilindi.Tadbir avvalida bolalar adabiyoti va bolalar asarlari haqida ko'pgina qiziqarli ma'lumotlar berilib o'quvchilar bilan fikr almashildi.Shu bilan birga Otabek Quvvatning "Olimjonning sarguzashtlari" kitobi hamda bibliografiya xizmati xodimi tomonidan Isoqjon Nishonovning "Sehrgarning uzugi" kitoblari taqdimot qilinib, to'liq mazmun mohiyati o'quvchilarga yoritib berildi.Shundan so'ng yuqoridagi asarlar va o'quvchilar o'zlari mutolaa qilgan asarlar va ularning tarbiyaviy ahamiyati xususida juda qiziqarli ko'rgazma tashkil qilindi.