Kitobsevar millat shiori ostida "Yangi O'zbekistonning-yangi adabiyotlari”
#Kitobsevar_millat shiori ostida "Yangi O'zbekistonning-yangi adabiyotlari”nomli ko'rgazma.
Zomin tuman axborot-kutubxona markazi Yoshlar ishlari agentligi binosida “Yangi O'zbekistonning-yangi adabiyotlari” mavzusida yangi kelgan kitoblar targ'iboti bo'yicha kitoblar ko'rgazmasi tashkil etildi. Kitob ko'rgazmada kitobxon yoshlar mutolaaning inson ruhiyatiga ijobiy ta'siri, hayotiy muammolarga yechim topishdagi yordami haqida ma'lumotlar berildi. Ko'rgazmada M. Abdullayevning «Novvoylik» terminlari izohli lug'ati kitobini o'qish tavsiya etildi. Izohli lug'atda o'zbek tilida novvoychilik terminlarining izohli,alifbo ko'rsatkichi asosida bayon qilingan. Lug'at materiallar asosan sohaga oid mavjud qo'llanmalar va turli tipdagi lug'atlardan hamda respodentlar bergan ma'lumotlar asosida shakillantirilgan. Izohli lug'at o‘ziga xos xususiyatlarga egaligi to'g'risida qisqacha taqdimot qilib, ushbu izohli lug'atni o'qishni xoxlasangiz qolgan joyidan o'qib chiqishlaringizni tavsiya etib qolamiz