Kitobsevar millat shiori ostida "Yangi O'zbekistonning-yangi adabiyotlari”
#Kitobsevar_millat shiori ostida "Yangi O'zbekistonning-yangi adabiyotlari”nomli ko'rgazma.
Zomin tuman axborot-kutubxona markazi “Yangi O'zbekistonning-yangi adabiyotlari” mavzusida yangi kelgan kitoblar targ'iboti bo'yicha kitoblar ko'rgazmasi tashkil etildi. Kitob ko'rgazmada kitobxon yoshlar mutolaaning inson ruhiyatiga ijobiy ta'siri, hayotiy muammolarga yechim topishda yordami haqida ma'lumot berildi. Ko'rgazmada yurtboshimiz Sh. Mirziyoyevning «Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasi» kitobini o'qish tavsiya etildi. Tavsiya qilinayotgan ushbu kitobda bugungi kunda yurtimizda Yangi O'zbekistonni va Uchinchi Renessans poydevorini barpo etish borasida amalga oshirilayotgan tub o'zgarish va islohotlarning maqsadi, mazmun-mohiyati hamda ustuvor yo'nalishlari,mamlakatimizning zamonaviy demokratik qiyofasi qanday yaratilayotgani,davlatimizni yangi rivojlanish bosqichiga ko'tarish uchun belgilab olingan strategik yo'l to'g'risida qisqacha taqdimot qilib, ushbu kitobni o'qishingizni tavsiya etib qolamiz