Kitobsevar millat shiori ostida Yangi O'zbekistonda inson huquqlari
#Kitobsevar_millat_shiori_ostida_Yangi_O'zbekistonda_inson_ huquqlari_nomli_ko'rgazma.
Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi tomonidan tashkil qilinayotgan "Inson huquqlari" o'n kunligini tashkil qilinishi bo'yicha topshirig'ini ta'minlash maqsadida, joriy yilning 1-dekabr kuni Zomin tuman axborot-kutubxona markazi Yoshlar ishlari agentligi binosida “Yangi O'zbekistonda-inson huquqlari” mavzusida yangi kelgan kitoblar targ'iboti bo'yicha kitoblar ko'rgazmasi tashkil etildi. Kitob ko'rgazmada kitobxon yoshlar mutolaaning inson ruhiyatiga ijobiy ta'siri, hayotiy muammolarga yechim topishdagi yordami haqida ma'lumotlar berildi. Ko'rgazma va kitob taqdimotida A. Mo'minovning «Inson huquqlari» kitobini o'qish tavsiya etildi. Kitobda inson huquqlari tushunchasi, tarixi va rivojlanish bosqichlari, inson huquqlari kategoriyalari kabi maslalalar qamrab olingan. Kitobni o'qishni tavsiya etib qolamiz