"Kitobsevar millat" shiori ostida"Til go'zalligini asraylik" nomli ma'naviy-ma'rifiy tadbir
#Kitobsevar_millat_2025
Joriy yilning 20-oktyabr sanasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazida 2-DMTT bolajonlari ishtirokida "Kitobsevar millat" shiori ostida"Til go'zalligini asraylik" nomli ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirning maqsadi-ona tilimizning boyligi, go'zalligi va ifoda imkoniyatlarini keng targ'ib qilish, yoshlarni o'z tiliga hurmat ruhida tarbiyalashdan iborat. Tadbir davomida bolajonlar ham ona tilini ahamiyati, til madaniyatini saqlash to'g'ri va chiroyli so'zlash haqida fikrlarini bayon etishdi.Tadbir davomida bog'cha tarbiyalanuvchilari tamonidan tilga bag'ishlangan qo'shiq kuylandi. Davra suhbati samimiy ruhda o'tdi va barcha ishtirokchilar tilimizning bebaho boylik ekanini his qilishdi, tadbir yakunida esa til millat g'ururi degan shior ostida barchaga ona tilini e'zozlashga da'vat etuvchi chaqiriqlar yangradi.