"Kitobsevar millat" shiori ostida “Mutolaa olamidagi kitobxon millat” nomli ko'rgazma
Adabiyot sizga o‘zgacha olamni ko‘rsatib berishi mumkin. U sizni hech qachon borib ko‘rmagan joylaringizga elta oladi. Bir marta o‘zgacha olamlarga sayr qilib, sehrli mevalarni tatib ko‘rganlar kabi siz o‘zingiz yashayotgan dunyodan to‘liq qoniqmay boshlaysiz. Qoniqmaslik — bu yaxshi narsa. Qoniqmagan insonlar o‘z dunyosini o‘zgartirish, yaxshilash va boshqacha qilishga qodir bo‘lishadi.
Kutubxonalar — bu erkinlik degani. Mutolaa erkinligi, muloqot erkinligi. Bu tuganmas ta'lim, bu mazmunli bo‘sh vaqt, bu boshpana va axborotga ega bo‘lish imkonidir.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti xuzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiya agentligining 2023 yili 14 sentyabrdagi 171-sonli buyrug`i ijrosini ta`minlash maqsadida Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxonasining "O`zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori ijrosini ta`minlash to`g`risida" 2023 yil 18 sentyabrdagi 54-sonli buyrug`i ijrosini ta`minlash maqsadida aholi va yoshlarning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularga shijoat va o’zgacha ruh bag’ishlash, mutoala zavqini chindan his qildirish maqsadida joriy yilning 20-noyabr kuni Yoshlar ishlari agentligi binosida Zomin tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan "Kitobsevar millat" shiori ostida “Mutolaa olamidagi kitobxon millat” deb nomlangan adabiyotlar ko’rgazmasi tashkil etildi.