"Kitobsevar millat" shiori ostida " Kitob qalb koʻzi" nomli sayohat
#Sayohat_2025
Joriy yilning 20-oktyabr sanasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazida 2-DMTT jajji bolajonlari ishtirokida "Kitobsevar millat" shiori ostida " Kitob qalb koʻzi" nomli sayohat tashkil etildi. Sayohat davomida bolajonlarga axborot-kutubxona markazidan va kitoblardan foydalanish qoidalari tushuntirib berildi va mavjud xizmat boʻlimlari, ijtimoiy tarmoqlar haqida toʻliq maʼlumot berildi.Shu bilan birgalikda o'zbek xalq ertagi "Zumrad va Qimmat" ertagi haqida aytib berildi. Sayohat davomida 30 nafar oʻquvchilar ishtirok etdi.