"Kitobsevar millat" shiori ostida "Kitob mutolaasi ma’naviyat ozuqasidir”
Zomin tuman axborot-kutubxona markazi Yoshlar ishlari agentligi binosida “Kitob mutolaasi ma’naviyat ozuqasidir” mavzusida kitob ko'rgazmasi tashkil etildi. Kitob ko'rgazmada kitobxon yoshlar mutolaaning inson ruhiyatiga ijobiy ta'siri, hayotiy muammolarga echim topishdagi yordami haqida ma'lumotlar berildi.
Kitob o‘qiydigan odamning so‘z boyligi katta bo‘ladi. Chunki kitob o‘qilganda kishi oddiy kundalik hayotda ishlatilmaydigan so‘zlarni ham uchratadi. Bu so‘zning ma’nosini lug‘atdan izlash ham shart emas, zero kitob umumiy mazmunidan so‘zning ma’nosi ham kelib chiqadi. Shu tariqa kitob o‘qigan inson nafaqat so‘z boyligini orttiradi, balki bilimini ham orttiradi.
Kitob o‘qish boshqa odamlar bilan muloqot qilishga yordam beradi. Ya’ni kitob o‘qigan odam o‘z fikrlarini chiroyli, aniq, yorqin ifodalash imkoniga ega bo‘ladi. Bir nechta mumtoz adabiyotni o‘qishning o‘zida ham kishida gapirish san’ati bir qadar rivojlangani seziladi. Shu tariqa kishi yaxshi suxbatdosh bo‘la oladi, odamlarda o‘zi haqida yaxshi tassurot qoldiradi.
Kitob o‘qish insonni dadillashtiradi. Kitob o‘qigan insonning o‘ziga ishonchi kattaroq bo‘ladi. Chunki kitobdan olgan ilmlari unga madad beradi. Atrofingizdagi olamlarda esa siz haqingizda yaxshi tasavvur uyg‘onadi. Bu esa sizni yanada jur’atli qiladi.