"Kitobsevar millat" shiori ostida "Kitob mutolaasi ma’naviyat ozuqasidir”
Zomin tuman axborot-kutubxona markazi Yoshlar ishlari agentligi binosida “Kitob mutolaasi ma’naviyat ozuqasidir” mavzusida kitob ko'rgazmasi tashkil etildi. Kitob ko'rgazmada kitobxon yoshlar mutolaaning inson ruhiyatiga ijobiy ta'siri, hayotiy muammolarga echim topishdagi yordami haqida ma'lumotlar berildi. Ko'rgazmada Jek Londonning «Hayotga muhabbat» hikoyasini o'qish tavsiya etildi. Hikoyada insonni tabiat kuchlari bilan yonma-yon, unga basma-bas tarzda tasvirlanganligi. Insonning kurashuvchanligi va umidiga urg‘u berilganligi va hikoya qahramonining hayotga bo‘lgan muhabbati o‘lim ustidan g‘alaba qozonganligi. Hikoya o‘ziga xos syujet qurilishiga ega bo'lib, boshida yo‘lga chiqqan, aniqrog‘i borgan yo‘lidan iziga qaytayotgan ikki yo‘lovchining holati tavsirlanligi to'g'risida qisqacha taqdimot qilib, ushbu asarni voqealar rivojini bilishni xoxlasangiz qolgan joyidan o'qib chiqishlaringizni tavsiya etib qolamiz.