Kitobsevar millat
Kitob insonning eng yaxshi do‘sti va maslahatchisi, uning donolik va bilim manbaidir. Kitob tafakkur quroli, xazina kaliti, tafakkur manbai bo‘lgani uchun xalqimiz uni qadrli, obro‘li, muqaddas deb bilgan. Shu bois kitobga muhabbat, qadrlash, o‘qishga ishtiyoq xalqimizning qon-qoniga singib ketgan. Inson madaniyati uning kitobida aks ettirilgan.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti xuzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiya agentligining 2023 yili 14 sentyabrdagi 171-sonli buyrug`i ijrosini ta`minlash maqsadida Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxonasining "O`zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori ijrosini ta`minlash to`g`risida" 2023 yil 18 sentyabrdagi 54-sonli buyrug`i ijrosini ta`minlash maqsadida, Zomin tuman axborot-kutubxona markazining Fondlarni saqlash, butlash va ularga ishlov berish xizmati mutaxassislati tomonidan "Mutoala olamidagi kitobxon millat" mavzusida kitob ko'rgazmasi tashkil etildi. Unda jahon va o'zbek adabiyoti namoyondalarining eng sara asarlari taqdim etildi. Ko'rgazmaga tashrif buyurgan kitobxonlar o'zlarini qiziqtirgan adabiyotlar bo'yicha ma'lumotlarga ega bo'ldilar hamda kutubxonaga a'zo qilindi.