"Kitobsevar millat".
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2020-2025 yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash milliy dasturini tasdiqlash to‘g‘risida” 2020-yil 14-dekabrdagi 781-sonli qarori ijrosini ta’minlash hamda Respublikamizning barcha hududlarida 2023-yilning 10-15-aprel kunlari davomida “Kitobsevar millat” shiori ostida o`tkazilayotgan III Respublika "Kitobxonlik haftaligi" 4 kunida joriy yilning 13-aprel kuni Zomin tuman Axborot kutubxona markazi xodimlari tomonidan Yoshlar Ittifoqi binosining faollar zalida. "Kitobsevar millat" mavzusida O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zolari, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan xalq artistlari, taniqli aktyorlar hamda viloyatimizda ijod qilayotgan shoir va yozuvchilari hamda tuman madaniyat bo‘limi xodimlari, xalq ta’limi bo‘limiga qarashli umumta’lim maktablari mas’ul xodimlari, tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari va kitobxonlari bilan adabiiy uchrashuv va davra suhbati bo'lib o'tdi. Suhbatda "Kitobsevar millat" shiori ostida III Respublika "KITOBXONLIK HAFTALIGI" doirasida Zomin tuman hokimligi, Respublika ma'naviyat-ma'rifat markazi tuman bo'linmasi, tuman Axborot-kutubxona markazi hamkorligida O'zbekiston va Qoraqolpog'iston xalq yozuvchisi Urazboy Abdurahmonov, O'zbekiston yozuvchilar uyushmasi a'zolari Obiddin Mahmudov, Abdunabi Hamro, Abdukarim Sharipov va Nilufar Allamurodova bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv qiziqarli va mazmuli bo'ldi.