"Kitobsevar millat"
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-iyundagi O'zbekiston Respublikasi aholisiga axborot-kutubxona xizmati ko'rsatishni yanada takomillashtirish to'g'risidagi PQ 4354-sonli qarori ijrosini ta'minlash hamda 2022-2026 - yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasini Inson qadrini ulug'lash va faol mahalla yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi ijrosi yuzasidan nazorat rejasining 72-maqsad: Aholiga axborot-kutubxona xizmatini ko'rsatishni yanada rivojlantirish, kitobxonlikni keng ommalashtirish hamda "Kitobsevar millat" umummilliy g'oyasini ro'yobga chiqarishning 264-265-bandlari bo'yicha chora-tadbirlar rejasi asosida Axborot-kutubxona markazi xodimi tomonidan joriy yilning 29-iyul kuni Jizzax viloyati Zomin tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari Qo'shtol MFYda joylashgan 5-maktabga tashrif buyurishdi. Tashrifdan maqsad qishloqdagi aholiga kutubxonaga kelgan yangi adabiyotlar bilan tanishtirish, kutubxonaga qanday a'zo bo'lish xaqida kutubxona xodimlari ko'rgazmaga kelgan aholi va kitobxonlarga tushuncha berishdi. Kitob ko'rgazmasida kutubxona xodimlari o'z kitoblari bilan faol qatnashishdi.