"Kitobsevar millat"
Jizzax viloyati Zomin tuman Axborot- kutubxona markazi bugun Dashtobod shahrida joylashgan O'zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi Jizzax viloyati mintaqaviy o'quv markazi faollar zalida markaz kursantlari uchun ajoyib tadbir tashkil etildi. Zomin tuman Axborot -kutubxona markazi tashabbusi bilan tashkillashtirilgan ma'naviy-ma'rifiy kecha interfaol uslubda, òzaro erkin ruhdagi savol- javoblar asosida bolib o'tdi. Unda tumandagi ijodkor, kitobsevar yoshlar bilan bir qatorda kursandlar ham o'z iqtidorlarini namoyish etdilar.Kechani Zomin Axborot kutubxona markazi rahbari ochib, mamlakatimizda kitob va kitobxonlik yònalishida amalga oshirilayotgan ezgu ishlar xususida aloxida to'xtalib o'tdi. Shunday so'ng Zominlik ijotkor, shoir Ehson mirzo, 19- maktab ijodiy- madaniy ishlar boyicha targ'ibotchisi Odiljon Husanov, tumandagi 15-19- maktablarda o'qiyotgan ijodiy to'garaklarning iste'dodli o'quvchilari tomonidan Vatanni, tinchlikni, kitobni, bilimni ulug'lovchi she'rlar, qo'shiqlar ijro etildi.Kecha yakunida barcha faol ishtirokchilar Zomin Axborot-kutubxona markazi ma'muriyati tomonidan tashakkurnoma va kitoblar bilan taqdirlandi. Markazning barcha kursandlari tashkil etilgan kitob yarmarkasida taqdim qilingan yangi adabiyotlar bilan tanishish, o'zlariga manzur bo'lgan asarlarni xarid qildilar.
https://telegra.ph/Kitobsevar-millat-04-28