"Kitobning mohiyati mangudir"
Zomin tumani axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan "Kitobxon ona va kitobxon bola" kuni munosabati bilan "Kitobning mohiyati mangudir" shiori ostida Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi talabalar turar joyida ta'lim olayotgan talabalarning vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida davra suhbati tashkil qilindi. Davra suhbati davomida "Qora yostiq","Qiz bolaga tosh otmang","Mungli ko'zlar" kitoblari shu bilan birgalikda, bibliografiya xizmati rahbari H.Mirzayeva tomonidan bolajonlar uchun "Maqtanchoq shogird","Koinot javohiri" kitoblari sharhlab berildi. Kutubxonamizga kelgan yangi adabiyotlar tanishtirildi. Davra suhbatida 9 nafar talabalar qatnashdi. Suhbat barchaga birdek manzur bo‘ldi.