"Kitoblar shahriga sayohat"
Joriy yilning 19-may sanasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan aholi va yoshlarni kitobxonlikka jalb qilish hamda ularning ma'naviyatini yuksaltirish maqsadida 75-umumiy o'rta ta'lim maktabining o'quvchilari ishtirokida "Kitoblar shahriga sayohat" nomli kutubxonaga sayohat tashkil qilindi. Shuningdek kitobxonlar ham o'zlari o'qigan ertaklari va hikoyalaridan aytib o'tishdi.Tadbir bahs munozaraga boy bo'lib 15 nafar ishtirokchi faol qatnashdi.