Kitoblar shahriga sayohat
2023-yil 28-noyabr kuni Zomin tuman axborot-kutubxona markazida kitobxon o'quvchilar ishtirokida kutubxona bo'ylab sayohat tashkil etildi. Ekskursiya davomida ishtirokchilarga kutubxona mutaxassislari tomonidan AKMdagi xizmatlar faoliyati, axborot-kutubxona fondi, kutubxonadan foydalanish qoidalari haqida ma’lumotlar berildi. Ishtirokchilar kutubxonaning kitob ko‘rgazmalari va kutubxona yangiliklari bilan yaqindan tanishdilar.