Kitoblar shahriga sayohat
#Kitoblar_shahriga_sayohat
2023-yil 7-noyabr kuni Zomin tuman axborot-kutubxona markazida O'zbekiston Respublikasi Jizzax mintaqaviy o'quv markazi tinglovchilari ishtirokida kutubxona bo'ylab sayohat tashkil etildi. Ekskursiya davomida ishtirokchilarga kutubxona mutaxassislari tomonidan AKMdagi xizmatlar faoliyati, axborot-kutubxona fondi, kutubxonadan foydalanish qoidalari haqida ma’lumotlar berildi. Ishtirokchilar kutubxonaning kitob ko‘rgazmalari, elektron zal, erkin zona va kutubxona yangiliklari bilan yaqindan tanishdilar.