"Kitoblar ovozsiz muallimlardir".Peter Gille.
Kitob zamonlar dengizida sayohat qilayotgan va oʻzining qimmatbaho yukini avlodlardan-avlodlarga tashiyotgan hikmat kemasidir. Kitob — fikrlash quroli, xazinalar kaliti, tafakkur manbayi bo‘lgani uchun ham xalqimiz uni nonday aziz, mo‘tabar va muqaddas hisoblaydi. Joriy yilning 20 iyul kuni Zomin tuman axborot-kutubxona markazi Abonoment va foydalanuvchilarga xizmat ko'rsatish bo'limi mutaxassislari "Siz ham kitob o'qiysizmi" loyihasi asosida Zomin tumanidagi istirohat bog'iga tashrif buyurib aholi va kitobxonlarga kitobxonlikni keng targ’ib qilish, kitobxonlik madaniyatini oshirish maqsadida targ’ibot tashviqot ishlarini olib bormoqda. Kutubxona xodimilari tomonidan kutubxonaga kelgan yangi adabiyotlar haqida qisqacha ma’lumot berib o’tildi. Aholi va kitobxonlarga kutubxona fondi, u yerda yaratilgan shart-sharoitlar va barcha qulayliklar, badiiy adabiyotlar hamda elektron o'quv qo'llanma va darsliklar haqida batafsil ma'lumotlar berib o'tildi.
https://telegra.ph/Kitoblar-ovozsiz-muallimlardirPeter-Gille-07-20