"Kitoblar ovozsiz muallimlardir" Kitob targ'iboti
Kitob qanchadir yillardan keyin sizga manzur kela boshlasa, bu uning yaxshi kitob ekanidan dalolatdir.
Georg Lixtenberg
Necha ming yillardan buyon insonlarga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatib kelayotgan, ularning bilimli, tarbiyali, kasb-hunarli va albatta baxtli bo‘lishining muhim omili – bu kitobga do‘st bo‘lish va kitob o‘qishni kanda qilmaslikdir. Ayniqsa, yoshlarning hayotida kitobning alohida o‘rni bor. Chunki yaxshi kitob insonda Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini yuksaltirib, yaxshilik hamda ezgulikka undaydi. Zomin tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari Zomin tumanida joylashgan mustaqillik hiyobnida aholi va yoshlar o'rtasida "Kitoblar ovozsiz muallimlardir" mavzusida kitob targ'ibot ishlari olib borildi. Aholini kitobga, kutubxonaga qiziqtirib, jalb qilinib, kutubxonadagi kitobxon daftariga a'zo qilindi va kutubxona haqida barcha ma'lumotlar aytilib o'tildi.
https://telegra.ph/Kitoblar-ovozsiz-muallimlardir-Kitob-targiboti-05-22