"Kitoblar-kamolot kaliti"
Zomin tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan O'zbekiston Yoshlar ittifoqi Zomin tuman Kengashining iqtidorli kitobxonlari uchun ular tomonidan talab qilingan "Kitoblar-kamolot kaliti" nomli kitoblar ko'rgazmasi tashkil etildi. Ko'rgazmadan ko‘zlangan maqsad – yoshlar o‘rtasida kitob mutolaasini targ‘ib etish va kitobxonlik madaniyatini shakllantirish, ularning intellektual salohiyati va ma'naviy saviyasini yuksaltirish hamda ularni mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan kutubxonalar va bolalar nashriyotlari bilan yaqindan tanishtirishdir.