"Kitoblar so'zsiz donishmandlardir"
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 14 dekabrdagi "2020-2025 yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo'llab-quvvatlash milliy dasturini tasdiqlash to'g'risida"gi 781-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida "Kitob va mutolaa haftaligi" doirasida Zomin tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari hamda Zomin tuman Axborot-kutubxona markazining Ko'chma kutubxona xodimlari tomonidan 15-maktabda "Kitoblar sassiz donishmandlardir" nomli yangi adabiyotlar ko'rgazmasi o'tkazildi. Ko'rgazmada o'quv qo'llanmalar, ertaklar, yangi badiiy hamda horijiy adabiyotlar havola etildi. Ko'rgazmaga tashrif buyurgan o'quvchilar kitoblarga katta qiziqish bildirib, ko'zdan kechirishdi hamda kelgusida kitobxon yoshlarimiz o'zlari qiziqqan adabiyotlarini olib o'qish imkoniyatiga ega bo'lish maqsadida, kutubxonaga a'zo bo'lishdi.