"Kitobdek aqilli va sodiq do'st yo'q" kitob o'qish soati.
Aholiga axborot-kutubxona xizmat ko‘rsatishni yanada rivojlantirish, kitobxonlikni keng ommalashtirish "Kitobsevar millat" umummilliy g‘oyasini ro‘yobga chiqarish maqsadida 5 fevral kuni Zomin tumani axborot-kutubxona markazining ko'chma kutubxona mutaxassislari Z.Azimova hamda G.Fayzullayevalar "Kitobdek aqilli va sodiq do'st yo'q" mavzusida Yoshlar ishlari agentligi binosida joylshgan o'quv markaziga tashrif buyurishdi. Yosh kitobxonlarga kutubxonadagi kitoblar haqida ma'lumotlar berib o'tildi. Kitob o'qish soatida kitobxonlarni kutubxonaga tashrif buyurishini, yangi adabiyotlar bilan tanishishni taklif etildi.
https://telegra.ph/Kitobdek-aqilli-va-sodiq-dost-yoq-kitob-oqish-soati-02-05