"Kitobdan yaxshi do'st bo'lmas"
Kitob maslahatchi, sadoqatli hamroh, eng yaqin do‘st va bebaho boylik hisoblanadi. Inson hayotida uning o‘rni muhim. Jahon madaniyatiga munosib hissa qo‘shgan ajdodlarimiz erishgan betakror yutuqlar zamirida ham kitob mutolaasi mujassam.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti xuzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiya agentligining 2023 yili 14 sentyabrdagi 171-sonli buyrug`i ijrosini ta`minlash maqsadida Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxonasining "O`zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori ijrosini ta`minlash to`g`risida" 2023 yil 18 sentyabrdagi 54-sonli buyrug`i ijrosini ta`minlash maqsadida, joriy yilning 2-noyabr kuni Zomin tuman axborot-kutubxona markazining ko'chma kutubxona xodimlari I.Alibekova, Z.To'rayevalar 15-umumiy o'rta ta'lim maktabi o'quvchilari o'rtasida o'zlari sevib o'qigan asar qahramonlarini tasvirini chizish bo'yicha "Zulfiyaxonim izdoshlarimiz" nomli rasmlar tanlovi tashkil qilindi. Tanlov ishtirokchilari o'zlarining sevimli qahramonlarini tasvirini chizishdi. Tanlov juda qiziqarli bo'lib o'tdi va g'olib bo'lgan ishtirokchilar esdalik sovg'alar bilan taqdirlanishdi.