"Kitob – zamonlar to'lqinida suzuvchi xazinadir"
Kitob – zamonlar to'lqinida suzuvchi, o'zidagi ma'nolar xazinasini ajdodlardan avlodlarga avaylab etkazuvchi tafakkur kemasidir. Uning har bir sahifasi hikmatlarga boy va dillarga ro'shnolik kiritib, ezgu tuyg'ularni uyg'otmoqqa qodir. Yoshlarning kitobga bo‘lgan qiziqishini oshirish, aholi o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib etish, kitob mutolaasi madaniyatini shakllantirish maqsadida Zomin kutubxona markazi xodimlari aholi o'rtasida kitob targ'iboti tashkil etishdi. Aholiga kutubxona haqida ma'lumotlar hamda kutubxonadagi qiziqarli badiiy adabiyotlarimiz bilan tanishtirishdi.
https://telegra.ph/Kitob--zamonlar-tolqinida-suzuvchi-xazinadir-10-05