“Kitob xazina, bilim boylik”
Kitob olimlar fikrining panohgohi, dono kishilar bo'stonining chamani, oddiy kishilarning tamoshogohidir. U kimsasiz kishilarga dil ochuvchi bog', ko'ngli shikastalarga rahnamodir.
Joriy yilning 5 oktyabr kuni Jizzax viloyati Zomin tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari "Qayirma" MFY da joylashgan Zomin tuman soliq qo'mitasi qoshidagi kadaster agentligiga tashrif buyurishdi. Kadaster agentligidagi faol kitobxonlari bilan “Kitob xazina, bilim boylik” mavzusida suhbat o’tkazildi. Kitob insonning eng yaxshi do‘sti va maslahatchisi, uning donolik va bilim manbaidir. Kitob tafakkur quroli, xazina kaliti, tafakkur manbai bo‘lgani uchun xalqimiz uni qadrli, obro‘li, muqaddas deb bilgan. Shu bois kitobga muhabbat, qadrlash, o‘qishga ishtiyoq xalqimizning qon-qoniga singib ketgan. Suhbat davomida aholi va yoshlar o'rtasida kitobxonlikga bo'lgan e'tiborni oshirish, har bir oilada kitobxonlik va mutolaa madaniyatini yanada shakllantirish hamda ota-onalar ma'naviyatini yuksaltirish masalalariga alohida to'xtab o'tildi. Suhbat ko'tarinki ruhda savol-javoblarga boy tarzda o'z nihoyasiga yetdi va o'qib bo'lgan kitoblarni yangi kitoblarga almashtirildi.