“Kitob va kitobxonlik- inson ma’naviyatining ko’zgusidir”
2024-yil 25-iyul kuni Zomin tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan aholiga kutubxona xizmatini ko’rsatishni yanada rivojlantirish, kitobxonlikni keng ommalashtirish maqsadida Zomin istirohat bog'ida yosh kitobxonlar bilan “Kitob va kitobxonlik- inson ma’naviyatining ko’zgusidir” mavzusida kitob targ'ibot ishlari olib borildi va kitobxonlar bilan suhbat o'tkazildi. Kitob — insonning eng yaqin do‘sti va maslahatchisi, aql qayrog‘i va bilim manbaidir. Kitob fikrlash quroli, xazinalar kaliti, tafakkur manbai bo‘lgani uchun ham xalqimiz uni nonday aziz, mo‘tabar va muqaddas deb hisoblagan. Shuning uchun kitobta muhabbat, uni qadrlash, o‘qishga ishtiyoq xalqimizning qon-qoniga singib ketgan.
https://telegra.ph/Kitob-va-kitobxonlik--inson-manaviyatining-kozgusidir-07-25