Kitob tilsiz murabbiy
Kitob insonni ilm-fanga yetaklovchi eng sodiq do‘st, eng yaqin hamrohdir. Kitob o‘qigan inson fikrlaydi, o‘sadi va rivojlanadi.
Joriy yilning 23-aprel kuni Zomin tuman axborot-kutubxona markazida “O‘zbekiston –kitobxonlar yurti” shiori ostida V Respublika “Kitobxonlik haftaligi” doirasida "IDEAL" o'quv markazi hamkorligida “Kitob tilsiz murabbiy” deb nomlangan “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi. Ushbu bellashuvda “Everest” va “Zukkolar” jamoalari o‘zaro bellashdilar. Tadbirda “Zukkolar” jamoasi birinchi o‘rinni egalladi hamda g‘olib jamoaga kutubxona tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.