"Kitob tarģiboti"
Necha ming yillardan buyon insonlarga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatib kelayotgan, ularning bilimli, tarbiyali, kasb-hunarli va albatta baxtli bo‘lishining muhim omili – bu kitobga do‘st bo‘lish, va kitob o‘qishni kanda qilmaslikdir. Ayniqsa, aholi va yoshlarning hayotida kitobning alohida o‘rni bor. Chunki yaxshi kitob insonda Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini yuksaltirib, yaxshilik hamda ezgulikka undaydi. Jizzax viloyat Zomin tumani axborot-kutubxona markazi abonamentlarga xizmat kòrsatish xizmati mutaxassislari G.Fayzullayeva hamda D.Alibekovalar "G'afur G'ulom" MFY mahalla markazida kitob tarģibotini òtkazdi.