"Kitob targ'iboti"
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev mutolaa haqida fikr bildirib, jumladan, shunday degandi: “... hammamiz uchun ayni paytda juda muhim ahamiyatga ega boʻlgan masala, yaʼni kitobxonlikni keng yoyish va yoshlarimizning kitobga boʻlgan muhabbatini, ularning maʼnaviy immunitetini yana-da oshirishga qaratilgan ishlarimizni yangi bosqichga olib chiqish vazifasi turibdi”. Necha ming yillardan buyon insonlarga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatib kelayotgan, ularning bilimli, tarbiyali, kasb-hunarli va albatta baxtli bo‘lishining muhim omili – bu kitobga do‘st bo‘lish va kitob o‘qishni kanda qilmaslikdir. Shu jumladan joriy yilning 7 iyun sanasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazi mutahassislari Davlat soliq inspeksiyasi Zomin tuman bo'limiga tashrif buyurishdi. Davlat soliq inspeksiyasi binosida ishchi hodimlarga va tashkilot kitobxonlariga "Kitob seni hali sen ko’rmagan dunyoga olib boradi...." mavzusida kitob targ'iboti o'tkazildi. “Kitob — bilim manbai”, deymiz. Bu isbot talab qilmas haqiqat. Zero, inson bilimni asosan kitob orqali oladi, uning tarbiyasi ham kitob yordamida shakllanadi. Aholi va yoshlarimiz badiiy adabiyotlarni oʻqiganda, ularning dunyoqarashi kengayadi, hayotga munosabati oʻzgaradi. Kitob targ'ibotiga qatnashgan yangi kitobxonlarga Zomin tuman axborot-kutubxona markazi haqida ma'lumot va tushunchalar berib o'tildi va kitobxonlar qayt etiladigan daftariga yangi kitobxonlar ism va familliyasi qayd etildi.