"Kitob targ'iboti"
Kitob seni hali sen ko’rmagan dunyoga olib boradi, sen eshitmagan so’zlar aytadi.
Gertsen
Necha ming yillardan buyon insonlarga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatib kelayotgan, ularning bilimli, tarbiyali, kasb-hunarli va albatta baxtli bo‘lishining muhim omili – bu kitobga do‘st bo‘lish va kitob o‘qishni kanda qilmaslikdir. Ayniqsa, yoshlarning hayotida kitobning alohida o‘rni bor. Chunki yaxshi kitob insonda Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini yuksaltirib, yaxshilik hamda ezgulikka undaydi. Zomin tuman axborot-kutubxona markazi mutahassislari Qo'rg'on MFY ga tashrif buyurishdi. Qo'rg'on MFY binosida Qo'rg'on mahalla fuqorolariga va kitobxonlariga "Kitob seni hali sen ko’rmagan dunyoga olib boradi, sen eshitmagan so’zlar aytadi" mavzusida kitob targ'iboti o'tkazildi. Kitob targ'ibotiga qatnashgan yangi kitobxonlarga Zomin tuman axborot-kutubxona markazi haqida ma'lumot va tushunchalar berib o'tildi va kitobxonlar qayt etiladigan daftariga yangi kitobxonlar ism va familliyasi qayd etildi.