"Kitob targ'iboti"
Necha ming yillardan buyon insonlarga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatib kelayotgan, ularning bilimli, tarbiyali, kasb-hunarli va albatta baxtli bo‘lishining muhim omili – bu kitobga do‘st bo‘lish va kitob o‘qishni kanda qilmaslikdir. Ayniqsa, yoshlarning hayotida kitobning alohida o‘rni bor. Chunki yaxshi kitob insonda Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini yuksaltirib, yaxshilik hamda ezgulikka undaydi. Joriy yilning 13 aprel kuni Zomin tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari Nebo'sa QFYga tashrif buyurib mahalla fuqorolariga Said Ahmadning yozgan asarlari, qissalari haqida ma'lumotlar berilib, shu jumladan "Jimjitlik" romani haqida kitob targ'iboti o'tkazildi. Mahalla fuqorolarini tuman kutubxonasiga jalb qilinib, kitobxonlar daftarida qayd etilib kutubxonaga a'zo qilindi.