"Kitob targ'iboti"
Necha ming yillardan buyon insonlarga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatib kelayotgan, ularning bilimli, tarbiyali, kasb-hunarli va albatta baxtli bo‘lishining muhim omili – bu kitobga do‘st bo‘lish va kitob o‘qishni kanda qilmaslikdir. Ayniqsa, yoshlarning hayotida kitobning alohida o‘rni bor. Chunki yaxshi kitob insonda Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini yuksaltirib, yaxshilik hamda ezgulikka undaydi. Joriy yilning 22 yanvar kuni Zomin tuman Axborot-kutubxona markazi mutaxassislari Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoa salomatlik texnikumi tashrif buyurib texnikum talabalariga O'tkir Hoshimovning yozgan asarlari, qissalari haqida ma'lumotlar berilib, shu jumladan "Dunyoning ishlari" qissasi haqida kitob targ'iboti o'tkazildi. Texnikum talabalarini tuman kutubxonasiga jalb qilinib, kutubxonaga a'zo qilindi.