"Kitob tafakkur qanoti"
2023 yil 23 avgust kuni Zomin tuman axborot -kutubxona markazi xodimlari tomonidan aholini kitobxonlikka jalb qilish maqsadida "Yoshlar markazi" da kitob kòrgazma tashkil qilindi.
Kitob nafaqat bilim manbai, balki inson qalbiga ezgulik urug'ini ekuvchi vosita hamdir. Bugun "Biz tavsiya etamiz" loyihasi asosida yoshlar o'rtasida kitob targ'iboti olib borildi, kitobxonlar tomonidan sevib o'qiladigan hamda kutubxonaga yangi olingan badiiy adabiyotlar targ'ib qilindi. Targ'ibot davomida kitobxonlar kutubxonaga a'zo bo'lishdi. 9 nafar tashkilot xodimlari hamda òquvchi yoshlar qamrab olindi.