Kitob shahriga sayohat
#Kitob_shahriga_sayohat 2023-yil 13-noyabr kuni Zomin tuman axborot-kutubxona markazida O'zbekiston Respublikasi Jizzax Mintaqaviy o'quv markazi ishtirokida kutubxona bo'ylab sayohat tashkil etildi. Ekskursiya davomida kursant tinglovchilarga kutubxona mutaxassislari tomonidan AKMdagi xizmatlar faoliyati, axborot-kutubxona fondi, kutubxonadan foydalanish qoidalari haqida ma’lumotlar berildi. Kursantlar kutubxonaning , kitob ko‘rgazmalari, elektron zali va kutubxona yangiliklari bilan yaqindan tanishdilar. Ekskursiyada 20 ta o'quvchi ishtirok etdi.