" Kitob qalb koʻzi"
Joriy yilning 29-aprel sanasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazida Zomin tuman Favqulodda vaziyatlar bo'limi hodimlari ishtirokida Kitobsevar millat shiori ostida " Kitob qalb koʻzi" nomli sayohat tashkil etildi. Sayohat davomida tinglovchilarga axborot-kutubxona markazidan va kitoblardan foydalanish qoidalari tushuntirib berildi va mavjud xizmat boʻlimlari, ijtimoiy tarmoqlar haqida toʻliq maʼlumot berib o'tildi. Shu bilan birgalikda Abdurashid Nurmurodovning "Qonli yoʻrgaklar" asariga ham sharh berildi. Sayohat davomida 25 nafar tinglovchilar ishtirok etdi.