Kitob qalb koʻzi
#Sayohat_2025
Joriy yilning 2-aprel sanasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazida18- umumiy oʻrta taʼlim maktabining oʻquvchilari ishtirokida Kitobsevar millat shiori ostida " Kitob qalb koʻzi" mavzusida kutubxonaga sayohat tashkil etildi. Sayohat davomida oʻquvchilarga axborot-kutubxona markazidan va kitoblardan foydalanish qoidalari tushuntirib berildi va mavjud xizmat boʻlimlari, ijtimoiy tarmoqlar haqida toʻliq maʼlumot berildi. Shu bilan birgalikda Abdurashid Nurmurodovning "Qonli yoʻrgaklar" asariga ham sharh berildi. Sayohat davomida 12 nafar oʻquvchilar ishtirok etdi.