"Kitob qalb gavhari, ko'ngil ziynati"
Joriy yilning 25 dekabr kuni Zomin tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan yoshlarni kitobxonlikka keng jalb qilish, kitob mutolaasiga yanada e'tibor qaratish maqsadida "Ideal" o'quv markazi bilan hamkorlikda faol kitobxon o‘quvchilar ishtirokida "Kitob qalb gavhari, ko'ngil ziynati" mavzusida bahs-munozara kechasi tashkil qilindi.Dastavval axborot-kutubxona markazi fondidagi eng sara adabiyotlar tanishtirildi.Shundan so‘ng kutubxonachilar bahs-munozara uchun savollarni o'rtaga tashladilar. Faol kitobxon yoshlar o'zlarining o'qigan kitoblari va o'zlarida qay darajada taassurot uygʻota olgani haqida fikr mulohazalarini bildirdilar. Shu bilan bir qatorda ayni damda o'qiyotgan va o‘qimoqchi bo‘lgan kitoblari haqida ham gapirib berdi.