"Kitob-qalb gavhari"
Kitob-insonlarni yaxshilikka, ezgulikka chorlovchi mayoq yo'llarini nurafshon etguvchi ziyo manbai bo'lsa. Kutubxonachi ana shunday ziyo nurlarini taratuvchi ziyokor insonlar hisoblanadi. Zomin tuman Axborot-kutubxona markazi mutaxassislari ham ana shu mas'uliyatni his qilgan holda Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10-apreldagi 14-sonli bayonning ijrosi va O'zbekiston Milliy kutubxonasining 26-sonli buyrug'ining ijrosini ta'minlash maqsadida, mahallalarga, xonadonlarga tashrif buyurib, keng targ'ibot-tashviqot ishlarini olib borishmoqda. Jumladan, Zomin tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari Z.Azimova, G.Fayzullayeva hamda S.Muxtorovalar "Qayirma" MFY ga tashrif buyurishdi. "Kitob-qalb gavhari" mavzusida kitob targ'ibot ihlarini olib borishdi. Kutubxonaga kelgan yangi adabiyotlar bilan tanishtirib kitoblar haqida ma'lumotlar berildi va "Qayirma" MFY ish faoliyat yuritadigan hodimlarni kutubxonaga a'zo qilishdi.