"Kitob qalb gavhari"
Zomin tuman Axborot-kutubxona markazi tomonidan O'zbekiston Yoshlar ittifoqi Zomin tuman Kengashining binosida kitob ko'rgazmasi tashkil etildi. Kitob ko'rgazmasida mahalla raislari hamda kitobsevar kitobxon yoshlar faol qatnashishdi. Kitob ko'rgazmasida badiiy adabiyotlar, ensiklopediyalar, islom diniy kitoblari namoyon etildi. Kelgan aholiga Zomin Axborot-kutubxonasi haqida ma'lumotlar berildi va ular tomonidan so'ralgan kitoblar haqida ma'lumot berildi.