“Kitob òqish soati”
Zomin tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan Zomin tuman "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi bilan hamkorlikda “Kitob ma’naviyat sarchashmasidir” nomli kitob o'qish soati tashkil etildi.Kitob o'qish soatida kitobxonlik bor joydagina, taraqqiyotga erishish mumkinligini, bilim manbai boʼlgan kitobni sevish, uni oʼqish va koʼz qorachigʼidek saqlay bilish, oʼqish uchun uni tanlay olish ham madaniyat ekanligini taʼkidlandi.Kitobga muhabbat, uni qadrlash, oʼqishga ishtiyoq xalqimizning qon-qoniga singib ketganligi qolaversa, xalqimiz ilm va fan, adabiyot va sanʼatga oid nodir qoʼllanmalar, adabiyotlari bilan haqli ravishda faxrlanishi to’g’risida o’z fikr mulohazalarini bildirdi va o’quvchilar tomonidan kutubxonada sevib o’qilayotga mazmuni boy bo’lgan durdona asarlar taqdimotini tashkil etish orqali adabiyotlar bilan hodimlarni yaqindan tanishtirdi. O’z o’rnida hodimlar ham shu tanishtirilgan asarlar ichidan, o’zlari sevib mutolaa qilgan asarlari bo’yicha fikr va mulohazalar bildirdilar.Kitob o'qish soati qiziqarli bo’lib o’tdi.