"Kitob odamni — bilag’on, suhbat – topqir qiladi, yozib olish odati esa uni aniqlikka o’rgatadi"kitob taqdimoti.
Zomin tuman axborot-kutubxona markazi hodimlari tomonidan Yoshlar ittifoqi binosida "Kitob odamni — bilag’on, suhbat – topqir qiladi, yozib olish odati esa uni aniqlikka o’rgatadi" mavzusida yangi nashr etilgan kitoblarning taqdimoti tashkil qilindi. Joriy yilning 20 iyun oyida Zomin tuman axborot-kutubxona markazi hodimlari kitobxonlarga kutubxona fondidagi adabiyotlar bilan tanishtirildi, kutubxonaga qanday a'zo bo'lish tartib qoidalari haqida tushunchalar berilib o'tildi. Kitobxonlarni qiziqtirgan savollariga javoblar berildi, yangi kelgan badiiy kitoblardan ma'lumotlar berildi. Tumanimiz yoshlarini va aholini kutubxonaga tashrif buyurib va adabiyotlardan unumli foydalanishi uchun taklif etildi hamda kutubxonadagi kitobxonlar daftariga a'zo qilindi, kitobxonlar tomonidan so'ralgan kitoblar almashtirilib berildi.