Kitob - o'tmishdan ham, kelajakdan ham xabar berguvchidir.
Kitob - o'tmishdan ham, kelajakdan ham xabar berguvchidir. Kitob o'zidagi ma'nolar xazinasini ajdodlardan avlodlarga avaylab etkazuvchi tafakkur kemasidir. Uning har bir sahifasi hikmatlarga boy va dillarga ro'shnolik kiritib, ezgu tuyg'ularni uyg'otmoqqa qodir. Yoshlarning kitobga bo‘lgan qiziqishini oshirish, aholi o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib etish, kitob mutolaasi madaniyatini shakllantirish maqsadida Zomin kutubxona markazi xodimlari aholi o'rtasida kitob targ'iboti tashkil etishdi. Aholiga kutubxona haqida ma'lumotlar hamda kutubxonadagi qiziqarli badiiy adabiyotlarimiz bilan tanishtirishdi. Axborot-kutubxona markazining abonement va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xizmati mutaxassislari kutubxonaga yangi kelgan badiiy adabiyotlarni tarģib qilb va kutubxonaga kitobxon yoshlarni a'zo qilishdi.
https://telegra.ph/Kitob---otmishdan-ham-kelajakdan-ham-xabar-berguvchidir-10-10