Kitob o'qish soatlari
"Agar yolg’iz esang, hamdam kitobdur,
Bilim subhidagi nur ham kitobdir."
Abduraxmon Jomiy
2022- 2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini " Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturi ijrosi yuzasidan NAZORAT REJASIning 72-maqsad: Aholiga axborot-kutubxona xizmatini ko‘rsatishni yanada rivojlantirish, kitobxonlikni keng ommalashtirish "Kitobsevar millat" umummilliy g‘oyasini ro‘yobga chiqarish maqsadida 23-noyabr kuni Jizzax viloyati Zomin tumani axborot-kutubxona markazining ko'chma kutubxona mutaxassislari Z.Azimova hamda G.Fayzullayevalar "Mutolaa olamidagi kitobxon millat" shiori ostida Zomin tuman Mahalla markazi binosida tashkil etilgan ko'chma kutubxonaga tashrif buyurib kitobxonlarga kutubxonaga kelgan yangi adabiyotlar bilan kitob o'qish soati tashkil etildi. Kitobxonlar kutubxonaga a'zo qilindi.